Jamiyat | 15:08 / 09.03.2017
11920
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 4-6 aprel kunlari Toshkent shahridagi yoshlar ijodiyot saroyida “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” 6-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma “O‘zbekcharmpoyabzali” charm-poyabzal korxonalari Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tadbir charm, poyabzal va charm mollari ishlab chiqaruvchilari hamda distribyutorlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari savdo kompaniyalari vakillariga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston hududidagi bu soha bo‘yicha noyob hisoblanadi.

Tashkilotchilarning fikricha, “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” 6-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi charm bozoridagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va sohadagi mahsulot ayirboshlashni oshirishga rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, bu tadbirda qatnashish – mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zlarini xalqaro savdo maydonida namoyon etish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid