Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi qo‘shma fakultet ochiladi
2018 yilning 22 noyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Knaysel bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini bergan, o‘z ishini yakunlagan «O‘zbekiston – Yevroittifoq» hamkorlik kengashi majlisining sermahsul o‘tganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar hozirgi holati va mustahkamlash istiqbollari, O‘zbekiston – Avstriya kun tartibini kengaytirish, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, muntazam vazirliklararo aloqalar, boshqa darajadagi uchrashuvlar davlatlararo munosabatlarni o‘zaro manfaatli asosda bosqichma-bosqich oshirish, ishbilarmon doiralar, ilmiy-ta'lim muassasalari, madaniyat va san'at vakillari o‘rtasidagi almashuvlarni rag‘batlantirish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan vazirlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriya tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda «Eksportga yo‘naltirilgan menejment» va «Turizm va mehmonxona biznesini boshqarish» kabi zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi qo‘shma fakultet ochilishini qo‘llab-quvvatladilar.
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim muammolarini ham muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi mintaqalarda aholini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga 25 mln yevro ajratishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024