2018 yilning 21 noyabr kuni Bryussel şahriga amaliy taşrif bilan kelgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropa ittifoqining Xalqaro hamkorlik va rivojlaniş masalalari böyiça komissari Neven Mimitsa bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, jumladan «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» şaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik va samarali körinişi mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan ta'lim va kadrlar tayyorlaş sohasidagi ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda, şu nuqtayi nazardan Özbekistonda «Xususiy huquq» va «Tibbiyot» kabi mutaxassisliklarda Yevropa OTMlari filiallari tarmoğini oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuvda umumiy kun tartibidagi boşqa masalalar ham körib çiqildi.

Şu kunning özida Özbekiston delegatsiyasi taşrifi doirasida umumiy byudjyeti 25 mln yevro bölgan «Çorvaçilik sektorini rivojlantiriş», «Adliya organlari tomonidan respublika mintaqalarida körsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxşilaş» loyihalarini Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalaştiriş töğrisidagi bitimlar imzolandi.