Jahon | 01:06 / 21.08.2025
12181
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi G‘azoni bosib olish operatsiyasini boshladi

Xabar qilinishicha, Isroil qo‘shinlari shahar atrofini egallagan.

Foto: Reuters

Isroil mudofaa armiyasi G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha quruqlik operatsiyasini boshladi. Bu haqda Jerusalem Post nashri TsAXAL vakili brigada generali Effi Defringa tayanib xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari shahar atrofini egallagan.

Defrin Isroil mudofaa vazirligi 60 mingga yaqin zahiradagilar harbiy xizmatga chaqirilishini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avgust oxirida yana 20 ming kishi harbiy xizmatga chaqiriladi.  

Generalning qo‘shimcha qilishicha, TsAXAL G‘azo aholisi xavfsiz joyga chiqib ketishi ustida ish olib bormoqda.

Avgust oyida mahalliy matbuot bosh vazir Binyamin Netanyahuning G‘azoni okkupatsiya qilish haqidagi taklifi Isroil harbiy-siyosiy kabineti tomonidan ma’qullangani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid