Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar akademiyasi instituti olimlari tomonidan mobil gibrid quyosh-yonilg‘i elektr stansiyasi ishlab chiqildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Quyosh energiyasi xalqaro instituti olimlari tomonidan mobil gibrid quyosh-yonilg‘i elektr stansiyasi yaratildi.
Foto: Fanlar akademiyasi
Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, mobil gibrid quyosh-yonilg‘i elektr stansiyasi olis aholi punktlari va fermer xo‘jaliklarida avtonom elektr energiyasi va suv ta'minoti, chorva mollarini sug‘orish va tomchilab sug‘orish tizimlarida ishlatilishi mumkin.
Qurilma yengil avtomashinaga tirkama orqali ulab harakatlantiriladi. U quyosh energiyasi va benzin yonilg‘isi bilan ishlaydi, elektr uzatish liniyalari tortishga ehtiyoj bo‘lmaydi.
Mobil gibrid quyosh-yonilg‘i elektr stansiyasi ish jarayonida mobil ilova va internetga ulangan sim karta orqali masofadan turib boshqariladi.
Mavzuga oid
07:28 / 11.11.2025
6 million uy uchun elektr: Dogger Bank dengiz shamol parki ishga tushmoqda
17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?
23:32 / 04.11.2024
Elektromototsikl Afrika bo‘ylab quyosh energiyasida 6 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi
15:51 / 03.08.2024