Loyiha SSE Renewables, Equinor va Vårgrønn kompaniyalar konsorsiumi tomonidan amalga oşirilmoqda va har biri 1,2 million kilovatt quvvatga ega bölgan uçta bosqiçdan iborat.

Dunyodagi eng yirik dengiz şamol parki sifatida Dogger Bank Britaniyaning toza manbalarga asoslangan kelajak energiya tizimining muhim böğiniga aylanadi. Hisob-kitoblarga köra, u mamlakatga taxminan 7,9 milliard AQŞ dollari qiymatida iqtisodiy foyda keltiradi va butun mamlakat böylab minglab iş örinlarini yaratadi.

Şamol parki uçta asosiy bosqiçdan iborat: Dogger Bank A, B va C. Ularning qöşma işlab çiqarişi Britaniya umumiy elektr talabining taxminan 5 foizini qoplaşga yetadi. Dengizdagi turbinalarda işlab çiqarilgan energiya yuqori kuçlanişli suvosti kabellari orqali milliy elektr tarmoğiga uzatiladi.

Dogger Bank A bosqiçining ilk turbinasi 2023 yil oktyabr oyida energiya işlab çiqara boşladi. Elektr stansiyasi milliy tarmoqqa elektr yetkaziş uçun — Britaniyadagi şamol parklari orasida ilk bor — yuqori kuçlanişli doimiy tok (HVDC) uzatiş tizimidan foydalanadi.

Majmua GE Vernova Haliade-X quvvati 13 megavatt bölgan şamol turbinalari bilan jihozlangan — ular dunyodagi eng yirik va eng kuçlilaridan hisoblanadi. Uzunligi 107 metr bölgan parraklar har bir aylanganda örtaça bir xonadonni ikki kunga yetarli energiya bilan ta’minlaşga qodir.