Samarali va tejamkor yeçim bölgan quyoş suv isitkiçlari haqida nimalarni bilamiz? Ular quyoş energiyasidan foydalanib, issiq suv ta’minotini ta’minlaydi, elektr energiyasi sarfini kamaytiradi va ekologik toza hisoblanadi. BMTTDning “Özbekistonda energiya tejamkor qişloq uy-joylari qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş” loyihasi issiq suv ta’minotida samaradorlik va mustaqillikka erişişning yangiça yöli – quyoş suv isitkiçlari haqida ma’lumot beradi.

Quyoş suv isitkiçlari va turlari

Quyoş suv isitkiçlari – bu quyoş nurini issiqlikka aylantiriş orqali issiq suv işlab çiqaradigan qurilma hisoblanadi. Unda quyoş energiyasini yiğiş uçun möljallangan quyoş kollektorlari deb ataladigan panellar hamda quvurlar böladi. Kollektorlar quyoşdan tuşadigan yoruğlikning infraqizil qismini issiqlikka aylantiradi.

Quyoş suv isitkiçlarining ikki xil turi mavjud: faol va passiv. Passiv tizimlar issiqlikni kollektor panellardan suv saqlaş idişiga ötkazişda aylanma nasoslar va boşqaruv vositalaridan foydalangan holda işlaydi.

Faol tizimlar esa heç qanday komponentlarsiz işni amalga oşiradi, ya’ni xonadon yoki korxonadagi suv ta’minoti tizimi suv ötkaziş uçun yetarli bosimga ega bölsa, passiv quyoş isitkiçi bunday şaroitda yaxşi işlaydi.

Ularni örnatiş qançaga tuşadi?

Xonadonga quyoş suv isitkiçini örnatiş - uy egalari uçun elektr tölovlarini kamaytirişning eng samarali usuli hisoblanadi. Quyoş suv isitkiçlari qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, issiq suv yetkazib beriş bilan bir qatorda elektr energiyasiga bölgan ehtiyojni ham kamaytiradi, ya’ni qöştirnoq içida aytganda “elektrosetga qaramlik”ni bartaraf etadi.

“Quyoş suv isitkiçlari deyarli elektr energiyasi yoki gaz ta’minoti sarflamay uzluksiz ravişda issiq suvni yetkazib beradi. Ya’ni xonadonga bu uskunani örnatib deyarli 9 oy davomida tekinga issiq suvdan foydalaniş degani. Ayniqsa yoz kunlarida ortiqçasi bilan yetkazadi.

Ularni örnatiş köp vaqt olmaydi. Bu uskuna içidagi suv hajmi bilan 250 kg ni taşkil qiladi, şundan 50 kg uskunaning oğirligi hisoblanadi. Bunda 200 litr suvning oğirligi hamma joyga taqsimlanadi va bu bilan xonadonning tom qismiga oğirligi tuşmaydi. Uni örnatişda quyoş tuşişini hisobga oliş kerak. Quyoşdan kelayotgan infraqizil nurlar uskunadagi vakuum çiroqning yuzasiga tuşadi, u issiqlikni suvni isitadigan mis nayçaga ötkazadi. Örnatiş uçun binoning kattaligiga qarab 1 kun vaqt ketadi.