O‘zbekiston | 20:03 / 28.04.2023
15863
1 daqiqa o‘qiladi

“Mening yo‘lim”da takliflarga ovoz berish boshlandi

Tuman (shahar) budjetlaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan pullarning kamida 50 foizini fuqarolar taqsimlaydi. Bu borada “Mening yo‘lim” loyihasida 10 317 ta tashabbus ro‘yxatga olindi. Tashabbuslarga ovoz yig‘ish jarayoni 7 maygacha davom etadi.

Foto: Kun.uz

27 aprel kuni soat 18:00 da “Ochiq budjet” portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, loyihaning bu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbus ro‘yxatga olingan.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 27 apreldan boshlanib, 7 may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

“Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun budjetdan 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Loyihadan maqsad – tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilish.

Mavzuga oid