Samarqand viloyati Past Darğom tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği Tohir Qosimov işdan olindi. Bu haqda viloyat hokimligidagi manbaga asoslanib UzA xabar bermoqda.
Uning işdan ketişi mahalla raislariga «Mening yölim»ga ovoz beriş böyiça noqonuniy topşiriq bergan bilan boğliq.
Samarqand viloyat hokimligida bugun ötkazilgan yiğilişda Tohir Qosimov işdan olingani aytilgan. Şuningdek, yiğilişda barça rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, prezidentning 2023 yil 10 apreldagi qarori mazmun-mohiyati yana bir bora tuşuntirilgan.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Past Darğom tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği Tohir Qosimov «Mening yölim»ga ovoz berişda mahalla raislariga bosim ötkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tarqalgan skrinşotlarda köriş mumkinki, telegramdagi guruhdagi yozişmalarda mahalla raislari özlarining taşabbusiga emas, Tohir Qosimov tanlagan loyihalarga majburan ovoz yiğişi talab etilgan, bu talabni bajarmagan mahalla raislarining «pattasi olinişi» bilan tahdid qilingan.

Şuningdek, 8 may kuni jurnalist Farhod Norbötayev öz Telegram-kanalida tuman hokimligi vakillari mahalla raislarini «Mening yölim» taşabbusi böyiça ovozi yiğiş holati haqida yozgan.
«Öz yöli qolib, MFY raislarini majburiy mehnatga undagan, dağdağa va pöpisa bilan boşqa hududga ovoz berişga majburlagan bu vallomatni kim rahbar qilib qöygan?! Otasi tengi odamlarni haqoratlaş, xalq saylagan mahalla oqsoqoliga «adaşib kelib qolgan»ga çiqarib, «eşik qayerdaligini körsatib yuboriş»dan ham tap tortmaslik demokratik tizim tamoyillarining qaysi mezoniga töğri keladi?» - deya savollar qöygan u.
Hozirça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi holat yuzasidan ma’lumot bermadi.
Ma’lumot uçun, 2023 yil 10 apreldagi Prezident qaroriga binoan «Taşabbusli budjet» doirasida biror loyihaga ovoz berişga majburlaş majburiy mehnat sifatida baholanadigan bölgandi.

















