Bugun, 22 fevral kuni 2024 yilgi “Taşabbusli budjet” jarayonining birinçi mavsumi uçun takliflar qoldiriş yakunlandi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov huquqşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bilan suhbatda 1-mavsum takliflar qoldiriş bosqiçi yakunlari va kutilayotgan özgarişlar haqida gapirib berdi.

Uning aytişiça, “Taşabbusli budjet” uçun 2023 yilda 4,5 trln söm mablağ yönaltirilgan bölsa, 2024 yilda joriy mablağlar 8 trln sömni taşkil etişi prognoz qilinmoqda. “Ötgan yilga nisbatan 2 barobar köp mablağ ajratiş közda tutilmoqda. Natijada ğolib loyihalar soni ham avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada, 1,5-2 barobarga oşadi, mahallalarda köproq muammolarni hal etiş imkoni böladi”, – deydi Haydarov.

IMV mas’uliga köra, 21 fevral holatiga 35 200 tadan ortiq loyiha kiritilgan, summasi esa 30 trln sömdan oşib ketgan. Viloyatlar kesimida eng köp loyihalar Farğona viloyati – 3 trln 300 mlrd sömlik, Toşkent viloyati 3 trln 150 mlrdlik, Namangan viloyati 2,4 trln sömlik loyihalar kiritilgani bilan yetakçilik qilmoqda.

Ahadbek Haydarovning ta’kidlaşiça, jamoatçilikning taklif va e’tirozlarini hisobga olgan holda jarayonga bir qança özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.

“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili

Joriy yildan boşlab “Taşabbusli budjet” jarayonlarida ovoz beriş bosqiçi bir fuqaro – bir ovoz tamoyili asosida amalga oşiriladi. Endilikda berilgan ovozlar egasining şaxsiga aniqlik kiritiş va bir fuqaro tomonidan berilgan ovozni aniqlaş tizimi joriy etilmoqda. Bu öz navbatida bir neçta sim-kartasi bölgan fuqarolar bir neça marta ovoz berişiga çek qöyadi. Ğoliblarni aniqlaşda ham haqqoniylikni ta’minlaşga xizmat qiladi. Fuqaroning bir neçta sim-kartasi bölsa, faqat bitta sim-kartasi orqali bergan ovozi qabul qilinadi. Agar ikkinçi sim-kartasi orqali ovoz beradigan bölsa, unda bizning tizimimizda sim-karta egasini aniqlaş tizimi orqali ikkinçi sim-karta bilan ovoz beriş çeklanadi.

“Mening yölim” “Taşabbusli budjet” bilan birga ötkaziladi

Ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etiş maqsadida “Mening yölim” loyihasini har yili “Taşabbusli budjet”ning birinçi mavsumiga birlaştirilgan holda ötkazilişi belgilandi. Endilikda har yili “Taşabbusli budjet”ning birinçi mavsumi va “Mening yölim” loyihasi bir mavsum doirasida ötkaziladi. “Mening yölim” loyihasi uçun ajratilgan mablağlar ham fuqarolar taşabbusi jamğarmasiga yönaltiriladi va jamlangan mablağlar doirasida ğolib loyihalar aniqlanadi.