O‘zbekiston | 15:55 / 26.07.2018
17135
2 daqiqa o‘qiladi

Endi pochta orqali kelayotgan qiymati 100 dollardan ortiq xalqaro jo‘natmalar uchun boj to‘lanadi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalqaro kurerlik va pochta jo‘natmalari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlarning nazoratini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3873-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, Prezidentning 2018 yil 12 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5414-sonli farmoniga ko‘ra, shuningdek, xalqaro kurerlik va pochta jo‘natmalari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlarning bojxona nazoratidan o‘tish samaradorligini yuksaltirish maqsadida qabul qilinmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, ilgari xalqaro kurerlik va pochta jo‘natmalari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarni majburiy bojxona to‘lovlarisiz olib kirish uchun bir kalendar oy mobaynida cheklangan nomalar 1000 (ming) AQSh dollarini tashkil etar edi.

Endi, Prezidentning PQ–3873-sonli qaroriga ko‘ra:

- bir chorak mobaynida xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar miqdori 1000 (ming) AQSh dollaridan oshmasa;

- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar miqdori 100 (yuz) AQSh dollari miqdoridan oshmasa — ularni majburiy bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘lmoqda.

Mavzuga oid