Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
26 dekabrdan 12 yanvarga qadar bir qator ichki yo‘nalishlarda qo‘shimcha samolyot va poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning transport qatnoviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 26 dekabrdan 12 yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha samolyot va poyezd qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, "Toshkent – Samarqand – Toshkent" yo‘nalishida 26–31 dekabr kunlari hamda 4 yanvar kuni "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovi tashkil etiladi.
"Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishida 26–31 dekabr kunlari "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.
"Toshkent – Xiva – Toshkent" yo‘nalishida 12 yanvarga qadar 12 ta qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
"Toshkent – Xiva – Toshkent", "Toshkent – Shovot – Toshkent", "Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent" va "Toshkent – Buxoro – Toshkent" (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 12 yanvarga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon qo‘shiladi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 28 dekabrdan 11 yanvarga qadar qator mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni bajaradi.
Qo‘shimcha parvozlar Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga amalga oshiriladi.
Jumladan, Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9, 10-11 yanvar kunlari; Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9-11 yanvar kunlari; Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9-11 yanvar kunlari; Namangan – Toshkent – Namangan yo‘nalishida 9 yanvar kuni; Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida 30 dekabr va 10 yanvar kunlari.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
17:00 / 18.12.2025
Uzbekistan Airways bilan uchuvchilik karerangizni boshlang
18:39 / 29.11.2025
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
15:42 / 22.11.2025