7 mart soat 07:00 holatiga köra, Yaqin Şarq mamlakatlaridan 17 152 nafar özbekistonlik vatanga qaytarildi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabariga köra:
- Saudiya Arabistonidan – 14 502 nafar;
- Birlaşgan Arab Amirliklaridan – 2 356 nafar;
- Erondan – 42 nafar;
- Qatardan – 218 nafar;
- Bahrayndan – 27 nafar;
- Ömondan – 7 nafar vatandoş olib kelingan.
“Qaytariş işlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uçun havo hududi oçiq bölib turgan mamlakatlar orqali amalga oşirilmoqda”, – deyiladi TIV xabarida.
Özbekiston Transport vazirligiga köra, Yaqin Şarq mamlakatlaridagi vatandoşlarni olib çiqiş vaqtida ularning qariyb 95 foizi tur paketlar asosida borgani kuzatilmoqda. Vazirlik şu munosabat bilan turoperatorlar va sayyohlik agentliklariga murojaat qildi.
“Holatning eng açinarli tomoni, turoperatorlar va agentlar tomonidan öz mijozlarini taşlab ketiş va ular bilan aloqani uziş, şuningdek, yuzaga kelgan fors-major holatida yölovçilarni tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlamay, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar tarqatiş orqali manipulyatsiya qiliş, öz majburiyatlarini bajariş örniga yölovçilarni elçilar va konsullar bilan qoldirib ketiş holatlariga guvoh bölinmoqda.
Barça tur paketlar mehmonxonalar, aviaqatnovlar, transferlar va suğurta polislarini öz içiga oladi. Suğurta polisi şartlariga muvofiq, fors-major holatlarida suğurta polislarini yölovçilarning mehmonxona, transport va evakuatsiya böyiça barça xarajatlarini qoplaşi belgilangan, buning uçun turoperatorlar va agentlar barça işlarni tizimli töğri taşkillaştirişi talab etiladi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Transport vazirligi:
- barça turoperatorlar va agentlardan yuzaga kelgan fors-major holatida ham iste’molçilar huquqlarini sözsiz ta’minlaş, mijozlar bilan tuzilgan şartnoma şartlarga töliq rioya etiş va har bir fuqaro bilan muntazam aloqani ta’minlagan holda ularga tezkor yordam körsatiş, aviakompaniyalar bilan amaldagi şartnomalardan unumli foydalangan holda aviaçiptalarni parvozlar amalga oşirilayotgan şaharlardagi muntazam aviaqatnovlarga özgartiriş orqali öz mijozlarini xavfsiz hududga olib çiqişda hukumat bilan birgalikda harakatlanişga;








