Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" ichki reyslar uchun maxsus narxlar belgiladi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (MAK) qator ichki reyslar uchun reklama tariflarini e'lon qildi. Bu haqida aviakompaniya saytida xabar berildi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Andijon, Farg‘ona, Namanganga borish va qaytish yo‘nalishi bo‘yicha reklama tarifi amal qilishi to‘g‘risida xabar qiladi. Ushbu yo‘nalishlarda bir tomonga chipta narxi yig‘imlarini ham qo‘shib hisoblaganda 17 EURO'ni tashkil qiladi. O‘zbekiston rezidentlari uchun to‘lov O‘zR MBning aviachiptalarni sotish kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi", - deyiladi MAK xabarida.
Bundan tashqari, MAK saytida Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishiga nisbatan ham reklama tarifi joriy qilingani ma'lum qilingan. Bu yo‘nalishdagi aviachipta narxi yig‘imlarini qo‘shib hisoblaganda 50 EURO'ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019