Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5584-sonli farmoniga muvofiq, maxsus tuzilgan Işçi komissiya tomonidan «Özbekiston havo yöllari» MAKni qayta taşkil etişga doir kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va amaliy kömaklaşiş böyiça işlar olib borildi.
Xususan, «Özbekiston havo yöllari» MAK direksiyasi, şuningdek, «Uçuvçilar majmuasi», «Havo aloqalari boş agentligi» va «Özaviatexta’minot» moddiy-texnik ta’minot majmuasi» davlat unitar korxonalari negizida Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati taşkil etildi.
Bundan taşqari, «Özbekiston havo yöllari» MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalari mas’uliyati çeklangan jamiyatlarga aylantirildi.
Şuningdek, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati unga quyidagi MÇJlarning ustav fondlaridagi davlat uluşini ötkazilişi yöli bilan taşkil etildi:
«Andijon» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Buxoro» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Qarşi» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Navoiy» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Nukus» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Namangan» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Samarqand» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Islom Karimov nomidagi «Toşkent» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Termiz» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Urganç» xalqaro aeroporti» MÇJ;
«Farğona» xalqaro aeroporti» MÇJ.
«Maxsus aviatsiya işlari aviakompaniyasi» DUK negizida Uzbekistan Helicopters mas’uliyati çeklangan jamiyati taşkil etildi. «Özaeronavigatsiya» markazi» davlat korxonasi esa Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga ötkazildi, deyiladi Uzbekistan Airways ma’lumotida.
Xabarda bildirilişiça, ötgan davr mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş, şu jumladan havo kemalari parkini yangilaş, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlaş, aeroportlar infratuzilmasini, havo harakatini boşqariş va malakali mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça izçil çoralar körildi.

















