2018 yilning 18 yanvar kuni Qozoğiston Respublikasi Aqtöbe oblastida sodir bölgan fojiali voqeadan söng Özbekiston hukumati davlat çegarasidan taşqariga çiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşga doir şoşilinç çora-tadbirlar töğrisida maxsus qaror qabul qilgan, unda aviatsiya va temir yöl çiptalar narxi arzonlaştirilişi haqida söz borgandi. Şundan söng Özbekistonda milliy loukoster taşkil etilişi, Moskvaga uçiş 100 dollarga tuşişi mumkinligi aytilgandi.
25 noyabr kuni AOKAda Transport vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri bu borada qanday işlar qilingani bilan qiziqdi.
Transport vazirligi havo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Uluğbek Bektaşev Qozoğistondagi fojiadan söng «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasiga, hozirgi «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyatiga öşa paytda şunday topşiriq berilganini aytib ötdi.
«Mehnat vazirligi bilan birgalikda mehnat muhojirlari uçun 20 foizli çegirma bilan maxsus tariflar işlab çiqilgan. Bugungi kungaçayam şu mexanizm işlab kelyapti va mehnat muhojirlari arzonlaştirilgan tariflardan foydalanib kelmoqda», deya Uluğbek Bektaşevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda birgina Turkiyaga aviaqatnovlar misolida çiptalarning narxi böyiça aniq misollar keltirilib, 10 sentabr holatiga bir taraf uçun Istanbul–Toşkent çiptasi narxi «Özbekiston havo yöllari» MAK tomonidan 581 dollar etib belgilangan bölsa, Istanbuldan Ostona orqali Toşkentga keliş 303 dollar («Air Astana», Qozoğiston), Istanbuldan Ostona va Olmaota orqali Toşkentga parvoz qiliş 317 dollar («Air Astana», Qozoğiston), Istanbuldan Moskva orqali Toşkentga keliş 320 dollar («Aeroflot», Rossiya), Istanbul–Çimkent aviaçiptasi narxi 178 dollarni («SCAT Airlines», Qozoğiston) taşkil etgani aytilib, aviaçiptalar mehnat muhojirlariga 20 foizli çegirma bilan sotilayotgani muammo yeçimi bölolmasligi, xorijga işlaşga ketayotgan özbekistonliklar aviaçipta uçun pul topolmaganidan haligaça poyezd yoki avtobuslarda Rossiyaga ketayotgani, qaçon masala tizimli ravişda hal qilinişi, nima uçun ayni paytda mavjud samolyotlar parki bilan loukoster biznes modelini amalga oşirib bölmaydi, degan xulosaga kelingani söraldi.

















