Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining yangi gerbi tanloviga taqdim etilgan ishlar namoyish etiladi
Toshkentning ijtimoiy hayotida birinchi marotaba shaharning yangi ramzi (gerbi) uchun oshkora va ochiq tarzda tanlov bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi axborot xizmati.

2018 yil 16 iyul kuni Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan 2018 yil 17 sentyabrgacha davom etgan Toshkent shahrining ramzi(gerbi)ni ishlab chiqish bo‘yicha ochiq professional tanlov e'lon qilingandi.
«Ta'kidlash joizki, poytaxtning yangi gerbini ishlab chiqish g‘oyasi shahrimiz hayotini yanada zamonaviy va qulayroq qilib borayotgan ijobiy o‘zgarishlar bilan juda hamohang. Tanlov bo‘yicha nizom va texnik topshiriqlari Toshkent shahar hokimligining toshkent.uz va Jamoatchilik kengashi saytlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirildi», — deyiladi axborotda.
Ma'lum qilinishicha, tanlovda ishtirok etish uchun tasviriy san'at, dizayn, grafik, illyustrasiya, reklama va shunga o‘xshash faoliyat yo‘nalishlarining maxsus ta'lim yoki professional tajribaga ega mutaxassislari jalb etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun alohida taklifnomalar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining barcha a'zolariga, respublikaning yetakchi dizaynerlari va chet elda faoliyat yurituvchi vatandosh-mutaxassislarga yuborildi.
Yuborilgan ishlarni tanlab olish, tanlovning mukofotlanuvchi g‘oliblari va asosiy g‘olibini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining to‘rt nafar akademiklari, san'atshunoslar, geraldika yo‘nalishidagi mutaxassislar (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi gerbi muallifi Anvar Mamadjanov), rassomlar, dizaynerlar va jamoatchilik vakillarini o‘z ichiga olgan komissiya tuzildi.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, tanlovda ishtirok etish uchun 310 ta loyiha va takliflar taqdim etildi. Tanlovda 118 nafar rassom va dizaynerlar ishtirok etishdi.
Tanlovni tashkil qilish bo‘yicha barcha ishlar Jamoatchilik kengashi tomonidan ixtiyoriy ravishda jamoat uchun amalga oshirildi.
Barcha yuborilgan ishlar muhokama qilgandan so‘ng mutaxassislar tanlov finalistlarini aniqladilar. Yakuniy beshlikning orasidan eng yaxshi loyiha tanlandi va u yanvar oyida Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga muhokama uchun taqdim etildi. Deputatlar muhokamadan so‘ng fuqarolarning fikrini bilishni tavsiya qildilar va barcha fikrlar Toshkent shahar hokimiyati tomonidan eng yaxshi loyihani tasdiqlash jarayonida mutlaqo e'tiborga olinadi.
Shu maqsadda, Toshkent shahar, Mustaqillik, 6 manzilidagi «Kitoblar olami» kitob majmuasida ishtirokchilarning taqdim etgan ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda va ushbu tadbir tanlovning yakuniy natijalarining e'lon qilinishi, finalistlar va eng yaxshi loyiha muallifini taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid
11:22 / 03.07.2024
Moskvada Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib yurgan erkak jarimaga tortildi
18:57 / 15.03.2024
To‘qayev Qozog‘iston gerbini o‘zgartirishni taklif qildi
20:27 / 13.06.2019
Toshkent hokimligi restayling qilingan poytaxt gerbini taqdim qildi
22:03 / 12.09.2018