Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona vodiysi va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muxammetkaliy Abulgaziyev boshchiligidagi delegatsiyaning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati apparati matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur hujjat Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qirg‘izistonning O‘sh, Botken va Jalolobod viloyatlari rahbarlari tomonidan imzolangan.

Viloyatlar hokimlari chegara oldi tumanlarida yashovchi aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni muhokama qilish maqsadida har oyda uchrashib turishga kelishib olgan.
Shuningdek, qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini rivojlantirish maqsadida o‘zbek delegatsiyasining Qirg‘izistonga javob tashrifi rejalashtirilmoqda.
130 kishidan iborat Qirg‘iziston delegatsiyasining tashrifi 1 oktabr kuni amalga oshirilgandi.
Chegaradagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida mehmonlarni bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikramov rahbarligidagi delegatsiya tantanali qarshi oldi.
Delegatsiya vakillari bilan Andijon Davlat universiteti, temir yo‘l vokzalining yangi binosi, «Do‘stlik uyi», Xo‘jaobod tumanidagi 10-umumta'lim maktabida uchrashuvlar o‘tkazilgan. Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasidagi zamonaviy rusumda qurilgan aholi turar joylarini ko‘zdan kechirib, Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodiga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, qirg‘iz millatiga mansub O‘zbekiston fuqarolari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi, O‘sh va Botken viloyatlari hokimiyatlarining vakolatli vakillari, Osh meri, oqsoqollar hamda madaniyat arboblaridan iborat delegatsiya hamda uchrashuv ishtirokchilari uchun kun yakunida O‘zbekiston san'at ustalari hamda Qirg‘izistondan kelgan san'atkorlar tomonidan katta konsert dasturi namoyish etildi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026