Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

21 dekabr kuni, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti rasman ochildi. Ushbu kurortni qurish ishlariga eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar jalb qilingan.
“Amirsoy” loyihasi bo‘yicha 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borildi. U 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.


Shuningdek, hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikkita zamonaviy dor yo‘li qurildi, uning uzunligi 2 193 metr bo‘lib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2 400 kishini tashkil etadi.


Qishki dam olish zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sun'iy qor ishlab chiqarish tizimi esa chang‘i mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanadi. 23 dekabrdan kurort faoliyatini davom ettiradi.


2020 yilda “Amirsoy” sayyohlik majmuasini ishga tushirish hisobiga tashrif buyuruvchilarning sonini qo‘shimcha 32,8 ming nafarga ko‘paytirish nazarda tutilgan.
Ayni vaqtda loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, “Amirsoy” dam olish maskani keng jamoatchilik uchun tayyor holatga keltirilgan. Loyihaning “G‘arbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning uchinchi choragida yakunlanishi va ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.













Mavzuga oid
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026
Guliston turizm qishlog‘ida osma ko‘priklar buzilyapti: nega?
22:53 / 27.01.2026