21 dekabr kuni, “Amirsoy” toğ-çanği kurorti rasman oçildi. Uşbu kurortni quriş işlariga eng ilğor va innovatsion texnologiyalar jalb qilingan. 

“Amirsoy” loyihasi böyiça 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng kölamli quriliş işlari olib borildi. U 580 öringa möljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100 mln AQŞ dollarini taşkil qiladi. 

Şuningdek, hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikkita zamonaviy dor yöli qurildi, uning uzunligi 2 193 metr bölib, ötkazuvçanlik qobiliyati soatiga 2 400 kişini taşkil etadi. 

Qişki dam oliş zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi toğ-çanği yöllari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boşlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni taşkil etadi. Sun'iy qor işlab çiqariş tizimi esa çanği mavsumini noyabrdan aprel oyigaça uzaytirişga xizmat qiladi. 

Eslatib ötamiz, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik va hududni tozalaş işlari tufayli “Amirsoy” toğ-çanği kurorti öz faoliyatini töxtatib turadi va mehmonlarning hududga kirişi taqiqlanadi. 23 dekabrdan kurort faoliyatini davom ettiradi.

2020 yilda “Amirsoy” sayyohlik majmuasini işga tuşiriş hisobiga taşrif buyuruvçilarning sonini qöşimça 32,8 ming nafarga köpaytiriş nazarda tutilgan. 

Ayni vaqtda loyihaning birinçi bosqiçi yakunlanib, “Amirsoy” dam oliş maskani keng jamoatçilik uçun tayyor holatga keltirilgan. Loyihaning “Ğarbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinçi bosqiçi esa 2022 yilning uçinçi çoragida yakunlanişi va işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda.