Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tizim konsert chiptalari narxi sun'iy oshib ketishining oldini oladi – Ozodbek Nazarbekov
O‘zbekistonda barcha madaniy tadbirlar, shu jumladan, konsert va spektakllar uchun yagona elektron chiptalar tizimi tashkil etiladi.
Bugun, 4 fevral kuni madaniyat vazirligi binosida jurnalistlar va blogerlar bilan vazir ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohaga oid muammolar yuzasidan fikr bildirdi. Shuningdek, sohaga oid yangiliklar haqida axborot berildi.
«Elektron chiptalar shu yilda joriy etiladi. Hozir uning loyihasi tayyorlandi, moliyaviy manbasi ham aniq. Madaniyat tadbirlari, jumladan konsertlar uchun yagona elektron chiptalar tizimi tashkil etiladi.
Odamlar istagan vaqtida konsert, spektakl, sirk tomoshalari va boshqa madaniy tadbirlar uchun chiptalarni onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishlari mumkin bo‘ladi. O‘tgan yili tizimni ishga tushirishga ulgurmay qoldik. Yaqin oylarda bu imkoniyat ham yaratiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Nazarbekovning qo‘shimcha qilishicha, tizimning ishga tushirilishi, ayniqsa, konsert chipta narxlarining sun'iy oshib ketishi oldini oladi. Natijada, jarayonga inson omili aralashuvi to‘xtaydi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga chek qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:11 / 19.01.2026
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
17:43 / 19.12.2025