Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada het-triklar kuni, Bellinghem Ronaldu grafigi bo‘yicha ketmoqda
Shanba oqshomida Yevropa futbolida sodir bo‘lgan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: Holand het-trik va rekordlarni shtamplamoqda

«Manchester Siti» — «Fulhem» 5:1
Gollar: Alvares (31), Ake (45+5), Holand (58, 70 penalti, 90+5) — Rim (33).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Akanji, Ake, Kovachich (Fillips, 84), Rodri (Silva, 76), Foden (Bobb, 90), Doku (Serxio Gomes, 76), Holand, Alvares (Lyuis, 90).
Fulhem – Leno, Tete (Kastan, 73), Rim, Diop, Robinson, Kerni (Harris, 16), Rid, Pereyra, Uilson (Traore, 81), Dekordova-Rid (Villian, 73), Ximenes (Rodrigo Muniz, 81).
Ogohlantirishlar: Rodri (41), Diop (43), Robinson (45), Dekordova-Rid (54), Pereyra (69), Bernardu Silva (78).
O‘tgan turda «Fulhem» «Arsenal»ning asabiga o‘ynagandi (2:2), bu shanbada esa «dachachilar» «Manchester Siti»ning ham hayotini murakkablashtirish uchun maydonga chiqishgandi. O‘yinda dastlab Kovachichning uzatmasiga ochilgan Holand to‘pni qulay pozitsiyada turgan Alvaresga yumalatib berib, gol urilishini ta’minladi. Ammo mehmonlar burchak zarbasidan maksimum natija chiqarib, darhol javob qaytarishdi. Ularni birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar oxirida urilgan gol sindirib qo‘ydi, bu gol Marku Silva va uning futbolchilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ular bu vaziyatda ofsaydda turgan Akanji darvozabonga xalal berganiga amin edi, ammo hakam qarorini o‘zgartirmadi.
Tanaffusdan keyin esa «Fulhem» Erling nomidagi norveg bo‘roni qurboniga aylandi. Oqshom qahramoniga birinchi golida to‘pni to‘xtatishga uringan Rim yordam berib yubordi. Keyin o‘tgan turda penaltidan foydalana olmagan Holand yana «nuqta»ga yaqinlashdi va zarbani skandinavcha sovuqqonlik bilan ijro etdi. Va nihoyat o‘yinga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada Gomesning solosidan keyin «Siti» mergani APLdagi beshinchi het-trigini rasmiylashtirdi.
Tabiiyki, navbatdagi rekord ham qayd etildi, chunki Holandga bu natija uchun 39 o‘yin yetarli bo‘ldi. Bu Ruud van Nistelroynikidan 34 o‘yinga yaxshiroq. Alan Shirer, Harri Keyn, Maykl Ouen, Luis Suares, Robbi Fauler — ularning barchasi norveg gol mashinasidan kosmik masofada ortda qolib ketishdi. Bundan tashqari, «Siti»ning startdagi to‘rt o‘yinida ham o‘ynagan forvard Endi Koulga tegishli bo‘lgan boshqa rekordni (42 o‘yin) yangilab, APL tarixida barchadan tez 50 samarali ball (41 gol va 9 uzatma) to‘plagan futbolchiga aylandi.
«Chelsi» — «Nottinghem Forest» 0:1
Gol: Elanga (48).
Chelsi – Sanches, Gyusto (Mudrik, 77), Silva, Disasi, Koluill, Chiluell (Madueke, 62), Gallaher (Palmer, 62), Fernandes, Kaysedo (Matsen, 77), Sterling, Jyekson.
Nottingem Forest – Terner, Ore (Montiyel, 72), Boli, Makkenna, Uorrell, Ayna (Kuyate, 73), Mangalya (Tavaresh, 72), Yyeyts, Gibbs-Uayt, Danilo (Elanga, 45+3), Avoniyi (Vud, 65).
Ogohlantirishlar: Chiluell (31), Jyekson (36), Ayna (41), Gallaher (43), Yyeyts (61), Tavaresh (86), Terner (90+8).
«Byornli» — «Tottenhem» 2:5
Gollar: Foster (5), Braunhill (90+4) — Son (16, 63, 66), Romero (45+2), Meddison (54).
Byornli – Trafford, Ad Dahil, O`Shi, Bayyer (Kork, 74), Robers, Gudmundsson (Delkrua, 46), Kallen, Berge (Braunhill, 46), Foster, Amduni (Redmond, 60), Koliosho (Bruun Larsen, 68).
Tottenhem – Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Udoji, Meddison (Emerson, 86), Bissuma, Kulusevski (Skipp, 86), Sarr (Hyoyberg, 68), Son (Risharlison, 72), Solomon (Perishich, 68).
Ogohlantirishlar: Sarr (28), Kulusevski (41), Gudmundsson (43), Braunhill (57), Bayyer (74), Hyoyberg (81), Delkrua (90+1).
«Chelsi»ning yosh tarkibiga qaramay, Maurisio Pochettinoning kelishi barchasini o‘zgartirishi taxmin qilingandi. «Tottenhem»da esa aksincha, Keyn tark etgani va bosh murabbiylikka APLda tajribaga ega bo‘lmagan Angelos Postekoglu tayinlanishi tufayli, pasayish kutilgandi. Ammo to‘rt tur o‘tganidan keyin, ko‘klar ikki bor mag‘lubiyatga uchradi, «shporlar» esa dastlabki turdagi durangdan keyin uch o‘yinda g‘alaba qozondi.
O‘tgan mavsumda chempionshipda romantik o‘yinlari bilan barchani xushnud qilgan «Byornli» esa tom ma’noda tor-mor etildi. Antonio Kontening ikkinchi mavsumida soyada qolib ketgan Son Xin Min esa endi yuz foizlik yetakchi. Shanba kuni u APLdagi to‘rtinchi het-trigini nishonladi. Meddisonning o‘yinini ham alohida e’tirof etish mumkin. Turnirdagi debyutidan keyin o‘tgan besh yilda ushbu yarimhimoyachi uzoq masofadan yo‘llangan gollari soni bo‘yicha Uord-Prous bilan bir xil natija (18 tadan) qayd etmoqda. Bu futbolchilar faoliyatidagi yana bir o‘xshash jihat — o‘tgan mavsum yakunida ularning jamoalari APLni tark etgani («Lester» va «Sauthempton») va ular yangi klublariga darhol moslashib ketgani bilan bog‘liq.
«Brayton» — «Nyukasl» 3:1
Gollar: Fergyuson (27, 65, 70) — Uilson (90+2).
Brayton – Verbryuggen, Veltman, Dank, van Hekke, Estupinyan, Adengra, Gross, March (Lallana, 81), Gilmor (Dahud, 77), Mitoma, Joao Pedro (Lempti, 77), Fergyuson (Milner, 81).
Nyukasl – Poup, Trippiyer, Sher, Bern, Targett (Lassels, 74), Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 58), Amiron (Anderson, 58), Joelinton (Uilson, 58), Gordon, Isak (Barns, 74).
Ogohlantirishlar: Gordon (23), Sher (43), Targett (68), Bern (76), Lempti (83), Milner (86), Dahud (90+5), Lallana (90+8).
Agar «Brayton» yorqin va samarador futbol sinonimiga aylangan bo‘lsa, Eddi Hau boshqaruvi davridagi «Nyukasl» — mudofaada namunali o‘yin ko‘rsatadi. Faqat «chaykalar» «Vest Hem»dan uchralgan kutilmagan mag‘lubiyatdan (o‘yinda to‘liq ustunlik qilingan holda qarshi hujumlarda uchta gol o‘tkazib yuborilgandi) keyin o‘zini oqlay olgan bo‘lsa, «qarg‘alar»ning bu mavsumdagi o‘yini o‘tgan mavsumdagiga yaqinlasha olmayapti. Buni irlandiyalik iste’dod Fergyusonning ikkinchi goli ham ko‘rsatadi, u ikki markaziy himoyachi hududi orasida to‘pni qabul qilib olib, hech qanday qarshilikka uchramasdan o‘zi istaganicha zarba berdi va mashg‘ulotlarda bo‘ladigani kabi gol urdi.
Yakunda ushbu irlandiyalik het-triklar kunini davom ettirdi va jamoasining navbatdagi yirik sotuv transferi kim bo‘lishiga ishora berdi. Natijada APL tarixida atigi ikkinchi bor bir o‘yin kunida uch futbolchi uchtadan gol urishi kuzatildi. Bu yana sentabrda ro‘y berdi. 1995 yilda Fauler, Shirer va Yyeboa bir kunda o‘tkazilgan o‘yinlarda shu tryukni bajarishgandi. 18 yoshli Fergyusonning yoshini ham qayd etish mumkin — u yuqorida nomi tilga olingan Fauler, shuningdek, Bart-Uilyamas va Maykl Ouendan keyin bu yoshda het-trik amalga oshirgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Endi «Brayton» uch g‘alaba bilan turnir jadvalining yuqori qismida qolmoqda, «Nyukasl» esa startda «Aston Villa» taslim etilganidan keyingi uch o‘yinda atigi bir ochko oldi.

Ispaniya: Soriyaning mo‘jizalari va dramasi

«Real» — «Xetafe» 2:1
Gollar: Hoselu (47), Bellinghem (90+5) — Mayoral (11).
Real – Arrisabalaga, Karvahal (Vaskes, 76), Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Nacho, 46), Modrich (Dias, 77), Tchuameni (Valverde, 80), Kamavinga (Kroos, 46), Bellinghem, Rodrigo, Hoselu.
Xetafe – Soriya, Suares (Karmona, 77), Mitrovich, Duarte, Alvares, Jyene, Alderete (Arambarri, 46), Maksimovich, Alenya (Iglesias, 58), Mayoral (Losano, 90+3), Latasa (Mata, 77).
Ogohlantirishlar: Latasa (7), Ryudiger (45), Kroos (51), Soriya (68), Iglesias (81), Alvares (83), Mayoral (87), Karmona (90+4).
Bu mavsumda ilk bor «Santiyago Bernabeu»da maydonga tushgan «Real» o‘yinni o‘tkazib yuborilgan tezkor gol bilan boshladi — Fran Garsiya ortga pas berishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan Madrid klubi tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoral foydalandi, himoyachi esa bu xatosi uchun tanaffusda almashtirib tashlandi. La liganing eng pragmatik jamoasiga qarshi o‘yindagi bunday ssenariy — o‘ziga xos sinov bo‘lishi tayin edi. Tezda javob goli urish imkoni bo‘lmadi, arbitr Bellinghem jarima maydoni ichida yiqilganida belgilangan penaltini videotakrordan keyin bekor qildi.
Qolaversa, bu o‘yinda mehmonlar posboni Soriya aql bovar qilmas harakatlarni amalga oshirdi. Uning benefisi Modrich o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda sakrab bosh bilan zarba berganida boshlandi, xorvatiyalik yarimhimoyachi yiqilaturib yo‘llagan zarbadan keyin to‘pni darvozabon darvoza to‘sini ostidan qaytardi. Hujumlardan birida Kroosning zarbasi avvaliga ustunga tegdi, qaytgan to‘pga yetib kelgan nemisning zarbasini darvozabon qaytarib qolishi tur hit-paradini bezaydi. «Xetafe» darvozasi qarshisida yuzaga kelgan vaziyatlarga Karvaxal va Rodrigoning zarbalaridan keyin ustun va to‘sinlar nishonga olingani ham qo‘shilsa, bu o‘yin uchun hit-paraddan juda ko‘p vaqt ajratishga to‘g‘ri keladi. Lekin Vinisius Junior jarohat olganidan keyin o‘yin imkoniyatiga ega bo‘lgan Hoselu o‘zida yuzaga kelgan imkoniyatlardan bittasidan baribir foydalandi. U ikkinchi bo‘lim boshida himoyachidan qaytgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi.
«Real»ning hal qiluvchi goli esa — haqiqiy drama bo‘ldi. Kecha qahramoniga aylanishi mumkin bo‘lgan Soriya o‘z faoliyati uchun rekord darajada 10 seyv amalga oshirdi, ammo o‘yinga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada Lukas Vaskesning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘pni ushlab qola olmadi, qaytgan to‘pga esa birinchi bo‘lib Bellinghem yetib keldi. XXI asrda ushbu ingliz futbolchisiga qadar la liga startidagida to‘rt o‘yinida besh gol urishga faqat uch futbolchi — Ibrahimovich, Krishtianu Ronaldu va Fabregas erishgan. Bunda «Real»ning jamoaviy o‘yinini ham e’tirof etmoq kerak, jamoa qatorasiga ikkinchi mavsumda startdagi to‘rt o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. «Qirollik klubi»da bunday seriya so‘nggi bor o‘tgan asrning 60-yillarida kuzatilgan.

Italiya: «Napoli» darvozasiga tovonda gol urildi

«Napoli» — «Latsio» 1:2
Gollar: Zelinski (32) — Alberto (10), Kamada (52).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Rrahmani, Olivera (Mariu Ruy, 66), Lobotka, Zelinski (Simeone, 84), Zambo-Angissa, Politano (Lindstrem, 75), Kvaratsxeliya (Raspadori, 66), Osimhen.
Latsio – Provedel, Marushich, Romanyoli, Kazale, Hyusay (Pellegrini, 81), Luis Alberto, Kataldi, Kamada (Genduzi, 65), Felipe Anderson (Pedro, 80), Dzakkani (Isaksen, 90), Immobile (Kastelyanos, 90).
Ogohlantirishlar: Dzakkani (26), Luis Alberto (60).
Yangi mavsumni yomon boshlagan «Latsio» bu o‘yin boshida ham boshlang‘ich tarkibga qaytgan Kvaratsxeliyaning yurishidan keyin gol o‘tkazib yuborishi mumkin edi. Rimliklar jamoasi birinchi bo‘limning katta qismida hujumga chiqish haqida o‘ylamadi, ammo bu ularga hisobni ochishga to‘sqinlik qilmadi. Felipe Andersonning nafislik bilan yo‘llagan pasini Luis Alberto darvozaga orqa turgan holda tovoni bilan yo‘lladi.
Mezbonlar bu golga birinchi bo‘limdayoq javob qaytardi, Zelinskining zarbasi rikoshetlar orqali darvoza to‘riga borib tushdi. «Napoli» bu golga munosib o‘ynagandi, ammo tanaffusdan keyin mehmonlar faolroq va keskinroq o‘ynashdi. Mauritsio Sarri o‘zi uchun juda yaxshi tanish bo‘lgan stadionga yig‘ilgan muxlislarni ranjitdi, uning shogirdlari ham ijodkorlik bobida raqibdan ustun kelishdi. Yozda Germaniya chempionatidan kelgan yaponiyalik hujumchi Kamada tomonidan urilgan gol bilan yakunlangan hujumni — futbol darsliklariga kiritish mumkin.
«Burgutlar» safidagi yana bir yangi futbolchi Genduzining zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi rimliklar o‘yinini yanada kuchaytirdi. Fransuz futbolchisi bir necha daqiqa ichida gol va pas tizimida 1+1 qayd etishi mumkin edi, ammo ikki gol ham VAR aralashuvi hamda Dzakkanidagi ofsayd holatlari tufayli bekor qilindi. Ammo ikki gol ham rimliklarga Immobileni klubdagi 300-o‘yini bilan tabriklash uchun yetarli bo‘ldi. «Napoli» esa o‘zining tushunarsiz o‘yini bilan hayron qoldirdi va Rudi Garsiya boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Germaniya: Tuxel Menhengladbahdagi yoqimsiz an’anaga chek qo‘ydi
«Borussiya» M — «Bavariya» 1:2
Gollar: Itakura (30) — Sane (58), Tel (87).
Borussiya M – Nikolas, Skalli (Elvedi, 83), Fridrix, Itakura, Veber (Ulrix, 73), Ngumu (Yanchke, 73), Vaygl, Noyhaus, Rayts, Chvanchara (Sebatsho, 59), Plea (Onora, 83).
Bavariya – Ulrayh, Mazraviy (Laymer, 46), Upamekano, Kim Min Je, Devis, Goretska (Tel, 81), Kimmih, Myuller (Shupo-Moting, 69), Koman (Gnabri, 69), Sane, Keyn (de Ligt, 90+5).
Ogohlantirishlar: Mazraviy (22), Koman (60).
Menhengladbah — «Bavariya» uchun safar o‘yinlarida doimo muammo tug‘dirib keladi. Myunxenliklar kichik «Borussiya»ni oxirgi bor 2019 yil bahorida mag‘lub etgan, keyingi davrda besh o‘yindan to‘rttasida yutqazib bir bor durang o‘ynagan. Ayniqsa, kubok o‘yinidagi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat yodda qolarli bo‘lgan. Bu safar ham mezbonlarning har bir standart vaziyati amaldagi chempionlar uchun haqiqiy sinovga aylandi. Ulardan birinchisi Fridrixning zarbasi to‘singa tegishi bilan yakunlandi, keyin esa mudofaa vakillari bo‘lgan ikki futbolchi hisobni ochishdi — Veber jarima maydoni ichida to‘pni qulay qilib tashlab berdi, Itakura darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.
Tanaffusdan keyin yaponiyalik futbolchi bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni chiqarib yuborgan holda yana qahramonga aylandi. Ammo Tomas Tuxel jamoasi baribir o‘z ustunliklaridan foydalanib, bungacha zarbalari darvoza to‘sini va ustuniga tekkan Sanening navbatdagi urinishidan keyin muvozanatni tikladi. Gladbah esa o‘yinni qayta qura olmadi, o‘yin oxirida «Bavariya» noqulay raqibni taslim etdi. Buni ushbu jamoaga qarshi oldingi o‘yinlarda qatnashmagan va hech qanday komplekslari yo‘q bo‘lgan 18 yoshli Tel amalga oshirdi. U — shu kuni o‘z hisobiga ikki golli uzatma yozib qo‘ygan Kimmih bilan birgalikda kecha qahramoniga aylandi.
«Bayyer» — «Darmshtadt-98» 5:1
Gollar: Bonifatse (21, 61), Palasios (49), Hofmann (67), Glojyek (83) — Vilhelmsson (25).
Bayyer – Gradetski, Frimpong (Tella, 72), Ta (Stanishich, 72), Tapsoba, Kossunu, Grimaldo, Jaka (Glojyek, 80), Hofmann, Palasios (Andrix, 65), Virts (Mbamba, 80), Bonifatse.
Darmshtadt-98 – Shuen, Bader, Tsimmermann (Maglitsa, 69), Ishervud (Stoilkovich, 58), Klarer, Holland, Nyurnberger (Karich, 26), Melem (Kempe, 69), Franich, Pfayffer, Vilhelmsson (Skarke, 59).
«Bavariya» mavsum startida uch g‘alabaga erishdi, ammo bu jamoa hali birinchi o‘rinda emas. Xuddi shu grafikda ketayotgan, ammo to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgan «Bayyer» birinchi o‘rinda. O‘tgan mavsum yarmida Habi Alonso boshqaruvida yangi davrga kirgan leverkuzenliklar bu mavsumda ham yorqin futbol namoyish etmoqda. Jamoa oldingi turlarda «Leypsig» va Menhengladbahning «Borussiya» jamoalariga uchtadan gol urdi, bu mavsum bundesligaga chiqqan jamoaga ham hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. «Darmshtadt»ga eng ko‘p muammo nigeriyalik Bonifas tomonidan taqdim etildi, u uch gol urilishida qatnashdi. Belgiyaning «Yunion» klubidan kelgan forvar uch turda olti samarali ball (4 gol va 2 pas) ishladi. Opta hisoblari yuritilishi boshlanganidan buyon (2004 yil) bundesligada bunday kuchli startga faqat Dortmundning «Borussiya» klubining ikki sobiq futbolchisi — Pako Alkaser (2018) va Holand (2020) erishgandi.

Kun statistikasi
- PSV hujumchisi Lyuk de Yong 2019 yil aprelidan buyon 1-bor qatorasiga besh o‘yinda gol urdi.
- Di Mariya «Benfika»ga qaytganidan tushgan besh o‘yinida 4 gol urdi.
- «Shtutgart» hujumchisi Girassi bundesliganing dastlabki uch turida 5 gol urdi va bu borada klub rekordini o‘rnatdi.
- Argentinalik hujumchi Ikardi o‘tgan mavsum boshidan buyon «Galatasaroy» o‘yinlarida 8 bor kamida ikkttadan gol urdi.
- «Sheffild Yunayted» APLda birinchi bor gol o‘tkazib yuborgan holda tanaffusga hisobda oldinda borgan holda yo‘l olishi uchun 202 o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.