Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun qanday jarima belgilangan?
Foto: KUN.UZ
Tungi vaqtda — soat 23.00dan 06.00gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya'ni:
baland ovoz bilan qo‘shiq aytish;
musiqa chalish;
tovush signallari berish;
xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etishdir.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, bunday holatlar fuqarolarga 61400 so‘m, mansabdor shaxslarga esa 92150 so‘mgacha ma'muriy jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025