Jahon | 14:50 / 27.03.2018
8110
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Xitoyga kelgani haqidagi axborot tasdiqlanmadi

Foto: AP/Wong Maye-E

Xitoy tashqi ishlar vazirligi Xitoyga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kelgani haqidagi axborotni tasdiqlamadi. Bu haqda 27 martdagi brifingda vazirlikning rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi. 

“Biz gap nima haqida ketayotgani borasida umuman tushunchaga ega emasmiz – agar bizda bu haqida ma'lumot bo‘lsa, biz bundan jamoatchilikni xabardor qilamiz”, deb javob qilgan jurnalistlar javobiga Chunin. 

26 martda Yaponiya ommaviy axborot vositalari Xitoyga Shimoliy Koreyaning yuqori lavozimdagi mansabdor shaxsi kelganini ma'lum qilgan.

Bloomberg axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kelgan, biroq 27 martda Janubiy Koreyaning “Xanguk ilbo” nashri Pekinga maxsus poyezdda Kim Chen Inning ishonchli vakili sifatida uning singlisi Kim Yo Chjon kelgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan. Nashr taxminiga ko‘ra, Kim Yo Chjonning Pekinga kelishidan maqsad Xitoy rahbariyatiga Shimoliy Koreyaning siyosatidagi oxirgi o‘zgarishlar, jumladan Kim Chen Inning Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari bilan uchrashuvga tayyorgarligi haqida ma'lumot berishdan iborat. 

Mavzuga oid