Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, loyihalashtirish amaliyoti seysmik xavfni aniqroq inobatga olgan holda takomillashtiriladi, zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar uchun to‘lovlar qisqartiriladi va jarayonlar “Shaffof qurilish” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 17 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 727-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 dekabrdan boshlab bino va inshootlarni loyihalashtirish amaliyoti zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazasidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bu esa seysmik xavfni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqroq baholash imkonini beradi.
Shuningdek, 2027 yil 1 oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obektlar turlari tasdiqlanishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan:
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to‘lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
bir xil seriyali obektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marotaba to‘lov asosida beriladi, shu turdagi keyingi obektlar loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Shu bilan birga, zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish jarayoni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi. Bu qurilish sohasida ochiqlik va shaffoflikni oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026