Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining eng ko‘p sonli guruhi ekani ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 4 yoshgacha bo‘lganlar 3,7 mln nafarni tashkil etgan. Bundan tashqari, 5–9, 10–14 yoshlilar ham 3 mlndan oshadi. 85 yosh va undan keksalar aholining eng kam qatlami hisoblanadi.
Foto: O‘zA
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga doimiy aholining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- 0-4 yoshlilar — 3 756 106 nafar;
- 5-9 yoshlilar — 3 341 346 nafar;
- 10-14 yoshlilar — 3 078 367 nafar;
- 15-19 yoshlilar — 2 569 705 nafar;
- 20-24 yoshlilar — 2 758 841 nafar;
- 25-29 yoshlilar — 3 218 218 nafar;
- 30-34 yoshlilar — 3 081 371 nafar;
- 35-39 yoshlilar — 2 617 689 nafar;
- 40-44 yoshlilar — 2 151 240 nafar;
- 45-49 yoshlilar — 1 910 995 nafar;
- 50-54 yoshlilar — 1 622 297 nafar;
- 55-59 yoshlilar — 1 528 091 nafar;
- 60-64 yoshlilar — 1 226 095 nafar;
- 65-69 yoshlilar — 762 473 nafar;
- 70-74 yoshlilar — 468 735 nafar;
- 75-79 yoshlilar — 246 064 nafar;
- 80-84 yoshlilar — 148 712 nafar;
- 85 va undan kattalar — 72 546 nafar.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etgan. Aholining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,8 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 31,1 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar esa 11,1 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026