Samarqandda xonadondagi gaz balloni portlashi oqibatida uch kishi jarohatlandi
Gaz plitasiga ulangan ballondan sizib chiqqan gaz portlashga sabab bo‘lgan.
Samarqand viloyati IIIb axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 aprel kuni soat 7:10 larda Bulung‘ur tumani “Avliyo Parpi” MFYdagi Quvvat qishlog‘ida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida gaz plitasiga ulangan ballondan gaz sizib chiqib, portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda, xonadonda bo‘lgan uch kishi turli daraja kuyish tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Oqdaryo tumanidagi oshxonada suyultirilgan gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi turli darajada tan jarohatlari olgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024