Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
Samarqand shahrida jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro forum doirasida narkotahdidlarga qarshi kurashishda qo‘llanayotgan ilg‘or texnologiyalar namoyish etildi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Samarqand shahrida «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kompleks kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar taqdim etildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur ko‘rgazma bilan tanishar ekan, narkotrafik, xavfli yuklar hamda transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda innovatsion yechimlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Forum doirasida O‘zbekiston ishtirokchi davlatlar uchun narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni tezkor kuzatib borish imkonini beruvchi yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu tashabbus xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, axborot almashinuvini jadallashtirish va xavfsizlikni ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro forum o‘tkazilyapti.

Uning ishtirokchilariga murojaat yo‘llagan prezident Shavkat Mirziyoyev narkotiklar savdosi, narko-jinoyatlar va ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha qator muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlat rahbari o‘z nutqida bugungi tahlikali dunyoda uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishning yangi shakllari insoniyat uchun transmilliy tahdidlar ko‘lamini tobora kengaytirayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, narkobiznes bu faqat giyohvand moddalar aylanmasi emas, bu – milliardlab dollarlik yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmni moliyalashtiradigan manba hamdir.
Jinoiy mablag‘larni yuvishning eng katta qismi bugun aynan raqamli aktivlar va offshor hududlar orqali amalga oshirilmoqda.

"Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin. Agar biz uning “moliyaviy arteriya”larini bo‘g‘ib qo‘ysak, bu illat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi", dedi prezident.



Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi
15:34 / 19.04.2026
Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi
20:15 / 17.04.2026