Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolgan IIB kapitaniga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov kanalda cho‘kib ketayotgan fuqaroni ko‘rib qolib, uning hayotini saqlab qolgan kapitan Biysenbay Qayipnazarovga muddatidan oldin mayor unvonini berdi.
O‘zbekiston IIVdan xabar qilishlaricha, voqea shu yilning 15 aprel kuni Xo‘jayli tumanining Suo‘yenli mahallasida ro‘y bergan.
«IIB HPB profilaktika katta inspektori kapitan Biysenbay Qayipnazarov va profilaktika inspektori kapitan Salamat Utemisovlar kundalik taqsimot bo‘yicha o‘zlariga biriktirilgan «Suo‘yenli» mahallasi hududida aholining karantin qoidalarga amal qilishini nazorat qilish yuzasidan xizmat olib borayotgan paytda hududdan oqib o‘tuvchi «Suo‘yenli» kanali bo‘yida cho‘kib ketayotgan fuqaroni ko‘rib qolib, tezkorlik bilan amaliy ishlar olib borishi natijasida fuqaro shu tumanda yashovchi ayol kishi D.A. hayotini saqlab qoladi.

Shunday vaziyatda, o‘zlarining xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, fuqaro hayotini saqlab qolgani va faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, O‘zbekistonda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatda fuqarolarni kutib olish, muassasalariga joylashtirish, karantin obektlarining ishonchli himoyalanishi hamda ushbu hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlashda sidqidildan xizmat qilgani uchun kapitan Bisenbay Qaypnazarovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan muddatidan oldin «mayor» unvoni berilib, xodimlarga kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025