Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
So‘nggi 5 yilda respublikada kiberjinoyatlar 4 865 tadan 62 440 taga oshgan. Buning oqibatida fuqarolar 3 trln 730 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Ushbu summaning 1 trln 890 mlrd so‘m qismi joriy yilning 11 oyiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: Izvestiya
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni oshib bormoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021-2025 yillarda respublikada ushbu turdagi jinoyatlar soni 10 baravarga (4 865 tadan 62 440 taga) ko‘paygan. Buning oqibatida fuqarolarga 3 trln 730 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Shundan 1 trln 890 mlrd so‘m qismi joriy yil 11 oyi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bu sohadagi jinoyatlarga qarshi kurashishda tajriba to‘plash uchun xorijiy hamkorlar bilan ma’lumot almashish, ularning yetakchi xodimlarini jalb etish hamda mutaxassislar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, vazirlik akademiyasida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, bu yildan boshlab 100 nafar kursant qo‘shimcha o‘qishga qabul qilingan. Shuningdek, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarni akademiyaning ushbu ta’lim yo‘nalishida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha raqamli laboratoriya tashkil etilgan. Fuqarolarning bank hisob varaqlaridan mablag‘larni noqonuniy yechib olishga yo‘naltirilgan, eng xavfli va ko‘plab fuqarolarga zarar yetkazgan 483 ta “fishing” turidagi zararli dasturlar aniqlanib, faoliyati to‘xtatilgan.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq 2 424 ta jinoyat aniqlangan. Jinoiy yo‘l bilan topilgan 76 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning kripto shaklida respublika hududdan olib chiqib ketilishi oldi olingan.
Kibermakonda jamoat tartibiga tahdid soluvchi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini targ‘ib qilib kelish bilan bog‘liq 3 843 ta internet resursi bloklangan, 1 508 ta firibgarlikka undovchi zararli havolalar faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Avvalroq internetda 600 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.12.2025
“2025 yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etdi, 131 nafari jarohatlandi” – IIV
18:38 / 23.12.2025
XCM moliyaviy piramidasi ishida 5 xodim intizomiy jazolangan, biri ishdan bo‘shatilgan – IIV
13:51 / 11.12.2025
IIV va FIA O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka kelishdi
09:28 / 11.12.2025