Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
IIV Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar yangi yil tabriklari va sovg‘asi ko‘rinishidagi xavfli havola hamda fayllar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va plastik karta mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinayotgani haqida ogohlantirdi. Qayd etilishicha, hozirda ularning asosiy “quroli” texnik usullardan ko‘ra ijtimoiy muhandislik - inson his-tuyg‘ulari bilan manipulyatsiya qilish hisoblanadi.
Foto: IIV
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bugun xavf faqat .apk, .exe kabi fayllar bilan cheklanmaydi. Messenjer yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali interaktiv tabrikka o‘xshatilgan fishing saytga olib boradigan havolalar, go‘yo “yuklanmayapti” degan bahona bilan yangilashni taklif qiladigan GIF-fayllar, shuningdek “yetkazib berish xizmati” nomidan yuborilib, “yangi yil sovg‘asi”ni olish uchun “yuk xati” ilovasini yuklab olishni so‘raydigan xabarlar keng tarqalmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun quyidagi oddiy qoidalarga amal qilishni tavsiya qiladi:
Manbaga e’tibor bering: tanimagan shaxsdan kelgan havola yoki faylni ochmang. Agar bunday xabarni tanishingiz yuborgan bo‘lsa ham, avval unga alohida yozib aniqlab oling.
Fayl formatiga qarang: .exe, .scr, .bat, .msi formatlari, shuningdek .zip va .rar arxivlar xavfli bo‘lishi mumkin. Media uchun nisbatan xavfsiz formatlar sifatida .jpg, .png, .gif, .mp4, .webm keltiriladi.
Havolani tekshiring: qisqa, tushunarsiz yoki shubhali domenli havolalarni bosmang — “yetti marta tekshir” qoidasiga amal qiling.
Shuningdek, markaz internetda arzon narxda yangi yil archasi, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar sotilishi haqidagi e’lonlar orqali ham firibgarlik holatlari ko‘payayotganini qayd etdi. Bunday holatlarda sotuvchilar tovar uchun pulni oldindan to‘lashni talab qiladi, mablag‘ o‘tkazilgandan so‘ng esa akkauntni o‘chirib, xaridorni bloklab g‘oyib bo‘ladi.
Mutaxassislar internet orqali xaridlarda oldindan to‘lov qilmaslik, faqat ishonchli manbalar va xavfsiz to‘lov usullaridan foydalanishni tavsiya etmoqda.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
09:20 / 02.02.2026
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
16:05 / 31.01.2026