Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo IESning 6 ta energobloki bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi
Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati
“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.Mustafoyev hamda Rossiyaning «Siloviye mashini» OAJ kompaniyasi bosh direktori T. Lipanov boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumki, prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qilish belgilangan.
Muloqotda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi U. Mustafoyev barcha sohalar qatori elektr energiya sohasida ham O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini e'tirof etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 3 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, elektr energiyasi sohasidagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi chora-tadbirlari nazoratga olingan.
– Sirdaryo IESda 6 ta energoblok modernizatsiya qilinishi evaziga ularning ish samaradorligini oshirish, har bir energoblokning o‘rnatilgan quvvatini 300 MVt.dan 325 MVt.ga va amaldagi quvvatlarini 250 MVt.dan 325 MVtga ko‘paytirish, yoqilg‘ining solishtirma sarfini har bir kVt. uchun 35-40 gr.ga kamaytirish va buning natijasida tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan, – deydi «Siloviye mashini» OAJ kompaniyasi Bosh direktori T. Lipanov. – Shu bilan bir qatorda, modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davrini kamida yana 20 yilga oshirishga erishiladi.
Muloqotda ko‘zda tutilgan loyihalar ijrosini qisqa muddatlarda ta'minlash hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.
Mavzuga oid
13:13 / 28.11.2023
“Etalon loyiha” - Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda ishga tushgan yirik IES haqida
14:00 / 27.11.2023
Yangi IES 3 millionta xonadonning bir yillik energiya iste’molini qoplashi ma’lum qilindi
13:37 / 27.11.2023
Shavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalariga start berdi
10:58 / 28.01.2022