Qozoğistonning KEGOC elektr tarmoqlarini boşqaruvçi kompaniyasi blekautga Özbekistonda yuz bergan hodisa sabab bölganini ma’lum qildi. Qozoğiston tomonining bildirişiça, hodisaga qisqa tutaşuv sabab bölgan, natijada Sirdaryo IESdagi oltita energoblok birdaniga öçirilgan.
“2022 yil 25 yanvar kuni Özbekistonda Nur-Sulton vaqti bilan soat 11:59da Sirdaryo IESda 6 ta energoblok qisqa tutaşuv tufayli öçirilgan bölib, umumiy işlab çiqariş quvvati 1500 MVt.dan ortiq yöqotilgan. Özbekiston energetika tizimida yuzaga kelgan elektr quvvati taqçilligi Özbekiston va Qirğiziston energetika tizimlari bilan parallel işlaşga ulangan Qozoğiston energetika tizimidan elektr energiyasining olinişiga olib keldi. Natijada, 500 kV kuçlanişli «Qozoğiston şimoli-şarqi-janubi» tranzitida quvvatning «kötarilişi» va uning ortiqça yuklanişi sodir böldi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilişiça, Özbekiston va Qirğizistonning energetika tizimlari töliq işdan çiqqan, barça elektr stansiyalari va iste’molçilar ta’minoti töxtatilgan. Özbekiston energetika tizimida uzilgan yuklaniş taxminan 9600 MVt (iste’molning 100 foizi), Qirğizistonda 2600 MVt (iste’molning 100 foizi)ni taşkil etgan.
“Qayta tiklaş doirasida Qozoğiston yagona energetika tizimi Qirğiziston va Özbekiston energetika tizimlariga uşbu mamlakatlar elektr stansiyalarini kuçlaniş bilan ta’minlaş orqali yordam körsatdi, bu esa tiklaş işlarini boşlaş imkonini berdi. Qirğiziston energetika tizimining normal rejimga qaytişi taxminan bir kun davom etdi”, deyiladi xabarda.
Sodir bölgan hodisa raqamli mayning bilan şuğullanadigan iste’molçilar faoliyatiga aloqador emasligi ta’kidlangan.
Kriptovalutalar mayningi
25 yanvardagi yalpi elektr uzilişlardan oldin ham, Qozoğistonda energetika muvozanatini saqlab turiş bilan boğliq «tarang vaziyat» hukm surgan. Mamlakatning boş energooperatori şu sababli tört kun oldin kriptomaynerlarni ogohlantirib, ular bir haftaga elektr tarmoğidan butkul uzilişini ma’lum qilgan.
Tasdiqlangan ma’lumotlarga köra, Qozoğistonda katta avariya sodir bölişi mumkinligi haqida axborotlar bölgan, biroq hukumat uşbu muammolar haqida tegişli tomonlar (Özbekiston va Qirğizistonni)










