Sirdaryo viloyatining Şirin şahri va Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, jami quvvati 1500 MW bölgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqiçi tarmoqqa ulandi.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni qirolligi investitsiya vaziri Xolid al-Folih iştirok etdi. Davlat rahbari maxsus tugmani bosgaç, zamonaviy stansiyaning ilk 500 MW quvvatga ega birinçi bloki işga tuşdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yil yakuniga qadar bu stansiyaning quvvati bosqiçma-bosqiç 1000 MWga, 2024 yilning birinçi çoragida töliq 1500 MW quvvatga çiqariladi. Loyiha qiymati 1,1 mlrd dollarni taşkil etadi.

Bu nima beradi?

Stansiya töliq işga tuşirilgaç, yiliga 12 mlrd kWh elektr energiyasi işlab çiqaradi. Bu hajmdagi elektr energiyasi Özbekistondagi 3 milliondan ziyod xonadonning bir yillik yoki barça aholi iste’molçilarining qariyb 8 oylik iste’molini qoplaş imkonini beradi.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, yangi IESda “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari örnatilişi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kubometr tabiiy gaz tejaladi.

Loyiha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasining töğridan töğri investitsiyalari hisobiga amalga oşirilmoqda.