Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan birgalikda bu mamlakatning ACWA Power kompaniyasi iştirokidagi ikkita loyihaga start berdi.

Tantanali tadbirda Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan zamonaviy buğ-gaz elektr stansiyasining 1-bloki işga tuşirildi. Şuningdek, Çirçiq şahrida yaşil vodorod işlab çiqarib, uni yaşil öğitlarga qayta işlovçi korxona qurilişi boşlandi.

Şavkat Mirziyoyev marosimdagi nutqida Saudiya Arabistonining investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih va ikki mamlakat işbilarmonlar kengaşi hamraisi, ACWA Power kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abu-Nayan rahbarligidagi delegatsiyani yangi loyihalar bilan qutladi.

“Biz sönggi yillarda Saudiya Arabistoni podşohi Salmon Ol Saud va Valiahd Muhammad Ol Saud hazrati oliylari bilan birgalikda ikki tomonlama hamkorligimizni yuksak bosqiçga kötariş uçun qat’iy harakat qilmoqdamiz.

Podşohlikka amalga oşirgan oliy darajadagi taşriflarimiz va köplab aniq kelişuvlarimiz özaro aloqalarimizga qudratli şiddat va yangiça ruh bağişladi.

Savdo aylanmasi hajmi sönggi 3 yilda 5 barobarga ösdi, qöşma korxonalar, aviaqatnovlar va sayyohlar soni muntazam ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda qöşma investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard dollarga yetdi”, – dedi prezident.

Saudiya delegatsiyasining Toşkentga bu galgi taşrifi doirasida kimyo, energetika, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantiriş sohalarida 12 milliard dollarlik loyihalar böyiça kelişuvlar imzolandi.

Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, bunga qöşimça yana 11 mlrd dollarlik yangi istiqbolli loyihalar böyiça kelişib olinganini qayd etdi.

Davlat rahbari bevosita “Sirdaryo” IESga töxtalar ekan, 1,1 gigavattli bu stansiyani etalon loyiha deb ta’rifladi.