Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
O‘zbekiston TIV Pokiston vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi e’lon qilinganini olqishladi. «Bu keskinlikni yumshatish va maqbul yechimlarni topishdagi muhim qadamdir», deyiladi bayonotda.
Foto: O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi e’lon qilinganini olqishlaydi, deb xabar bermoqda mamlakat TIV.
«Mazkur sa’y-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va o‘zaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaymiz», – deyiladi bayonotda.
O‘z navbatida, O‘zbekiston «barcha tomonlarni vazmin bo‘lishga, vaziyatning yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek, tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga» chaqirdi.
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l bilan, BMT nizomi tamoyillariga muvofiq qat’iy ravishda hal etish zarurligi to‘g‘risidagi o‘zgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi».
- 8 aprelga o‘tar kechasi AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh tuzilganini e’lon qildi. U Eron tomoni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochishga rozi bo‘lganini aytgan. O‘z navbatida, Tehrondagilar sulhga roziligini rasman tasdiqladi va mamlakat «buyuk g‘alabaga erishgani» hamda «jinoyatchi AQShni o‘zining 10 bandlik rejasini qabul qilishga majbur etganini» e’lon qildi.
Mavzuga oid
16:05
Yaqin Sharqdagi vaziyat: muzokaralar boshlanishi arafasida tomonlar bir-birini ayblamoqda
08:58
Tramp Erondan tankerlardan haq olmaslikni talab qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
20:59 / 09.04.2026