O‘zbekiston | 16:06 / 06.03.2020
19771
17 daqiqa o‘qiladi

«Navoiy KMK» isloh qilinadi - Prezident qarori

Prezident “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Jihoz-vent.uz

“Navoiy KMK” DKda davlat organlari vakillari, xalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovchilar ishtirokida:

a) quyidagilar:

Hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ ma'lumotlarni oshkor qilish tizimini joriy etish;

Global hisobot tashabbusiga (GRI) muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha hisobotlarni chop etish;

Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholash bo‘yicha ishlar boshlangan;

b) “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlari ro‘yxatini tasdiqlagan holda korxonaning mol-mulkini xatlovdan o‘tkazish yakunlangan.

“Navoiy KMK” DK, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflari ma'qullandi:

a) “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishini tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi - “Navoiyuran” davlat korxonasiga o‘zgartirish;

b) bir oy muddatda “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:

qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) ishlab chiqarish korxonasini;

“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasini ta'sis etish.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Navoiy KMK” DKning:

emulsiyaviy-portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi mulkiy kompleksni “NKMK” AJ tasarrufiga berilishini inobatga olgan holda, “NKMK” AJ tarkibiga beriladigan;

“NKMK jamg‘armasi” DMga beriladigan obektlar, shu jumladan agrouchastkalar va yordamchi obektlar, mehmonxonalar, hammom va tozalash xo‘jaligi obektlari, ishlab chiqarish sexlari, omborxona inshootlari, shuningdek, boshqa tijorat obektlari va qimmatbaho qog‘ozlar (asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan obektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sog‘lomlashtirish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal xo‘jaligi obektlari hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, xizmat turar joylari va yotoqxonalari (ijtimoiy infratuzilma obektlari) ro‘yxatini tasdiqlaydi.

“Navoiy KMK” DK o‘z kuzatuv kengashi va Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Navoiy KMK” AJ aksiyalari qiymatini to‘lashda badal sifatida qo‘yilishi lozim bo‘lgan “Navoiy KMK” DK mol-mulki va mulk huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholashni yakunlaydi.

Belgilanishicha:

a) Agentlik “NKMK jamg‘armasi” DM va “Navoiyuran” DKning ta'sischisi hisoblanadi;

b) “NKMK” AJ ustav kapitali ta'sischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan mulk va mulkiy huquqlarning qismini, shuningdek, asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda, “Navoiy KMK” DK tomonidan “NKMK” AJ foydasiga beriladigan qimmatbaho metallarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish hamda ushbu mulk va mulkiy huquqlarni “NKMK” AJ aksiyalari qiymatini to‘lash hisobiga berilishi evaziga shakllantiriladi. Bunda “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlarini “NKMK” AJ ustav kapitaliga berish 2019 yil 1 mart holatiga o‘tkazilgan yakuniy xatlov dalolatnomasi va 2019 yil 30 iyun holatiga baholash natijalari bo‘yicha xulosalar asosida amalga oshiriladi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (ta'sischisi) funksiyasini bajaradi;

g) “NKMK jamg‘armasi” DM mulki ta'sischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan uning mulki qismini asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda olish va keyinchalik ushbu mulkni “NKMK jamg‘armasi” DMga operativ boshqaruvga berish orqali shakllantiriladi;

d) “NKMK” AJ va “NKMK jamg‘armasi” DM amaldagi shartnomalar bo‘yicha asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan hamda uchinchi tomon bilan kelishilgan holda “Navoiy KMK” DKning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi, bunda barcha kredit shartnomalari (kreditorlar bilan kelishilgan holda) “NKMK” AJga o‘tkaziladi, “Navoiyuran” DK esa asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda qolgan shartnomalar bo‘yicha “Navoiy KMK” DK huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettiradi;

ye) “Navoiy KMK” DK xodimlarining “NKMK” AJ va “NKMK jamg‘armasi” DMga o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:

“NKMK” AJ va “NKMK jamg‘armasi” DMga o‘tgan ishchi xodimlar bilan yangi mehnat shartnomasi tuzish talab qilinmaydi, amaldagi mehnat shartnomasiga zarur o‘zgartirishlar esa ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi;

o‘tkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;

“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DM ishchi xodimlari va ularning oila a'zolari uchun ilgari “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari uchun o‘rnatilgan ijtimoiy infratuzilma obektlaridan, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sog‘lomlashtirish obektlari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari hamda xizmat turar joylari, yotoqxonalar va boshqa obektlardan imtiyozli foydalanish huquqi to‘laligicha saqlab qolinadi;

besh yil davomida “NKMK jamg‘armasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma obektlarining faoliyat turini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

“Navoiy KMK” DKdan pensiyaga chiqqan shaxslar hamda “NKMK” AJ, “NKMK jamg‘armasi” DM va “Navoiyuran” DKda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar uchun qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan imtiyozlar, shuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barcha turlari (mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalliklari, sog‘liqqa shikast yetganlik, bola parvarishi va boshqalar uchun) saqlab qolinadi;

j) “NKMK jamg‘armasi” DMga berilayotgan asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan obektlardan tashqari ijtimoiy infratuzilma obektlarini besh yil davomida xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Quyidagilar ustidan nazorat qilish Komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi:

“Navoiy KMK” DK qayta tashkil etilishi davrida “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DM xodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlariga rioya etilishi;

mehnat shartnomalari shartlariga rioya etilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini ta'minlash choralari ko‘rilishi;

“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM mehnat shartlariga ko‘ra ish o‘rinlarining attestatsiya kartalari o‘z kuchida qolishi qismida qonun talablari bajarilishini ta'minlash.

Komissiya bir oy muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM xodimlari mehnatiga haq to‘lashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, moddiy yordam, shuningdek, rayon koeffitsiyentlari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar saqlanishini ta'minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta'minlaydi;

Agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustga qadar samarali boshqaruv tizimini joriy etish, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va 2025 yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiya dasturini tasdiqlashni nazarda tutgan holda “Navoiyuran” DK faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2020 yil 15 martdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

“NKMK” AJning ma'dan zaxiralari va zaxiralar holati to‘g‘risidagi hisobotlari, texnik hisobotlari, konlarning kamayishi (istiqbolli maydonlar) to‘g‘risidagi hisobotlari, kon ishlari bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq tayyorlanadi hamda ular e'lon qilinishi shart;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan litsenziyalar berishda Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari to‘g‘risida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlari bo‘yicha “NKMK” AJ hisobotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansida hisobini olib borish uchun belgilangan tartibda tayyorlangan zaxiralar bo‘yicha ma'lumotlar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturida nazarda tutilgan “Navoiy KMK” DK investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Xalqaro moliya institutlari va banklarning qarz mablag‘lari, jumladan kreditlar, obligatsiyalar, yevroobligatsiyalar, lizing hamda qonunchilikda ruxsat etilgan qarzni moliyalashtirishning boshqa turlarini jalb etish “NKMK” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ bilan birga 2020 yil 1 mayga kadar:

“NKMK” AJ moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o‘tkazish ishlarini yakunlash;

“Navoiy KMK” AJda savdolarning rentabellik darajasi, aktivlar, aktiv va majburiyatlar aylanmasi hamda xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga muvofiq aniqlanadigan boshqa ko‘rsatkichlarni oshkor etish amaliyotini tatbiq etish ishlarini yakunlash;

2020 yil 1 noyabrga qadar kamida 300 million AQSh dollari miqdorida korporativ yevroobligatsiyalar chiqarish bo‘yicha aniq choralar ko‘rgan holda “NKMK” AJning moliyaviy boshqaruvi tizimini yanada isloh qilishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

ikki oy muddatda “NKMK” AJda, shu jumladan kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil azoni tayinlash, kuzatuv kengashi qoshida qo‘mitalar tashkil etish, axloq kodeksi, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi nizom va korporativ boshqaruv sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni ko‘zda tutgan holda korporativ boshqaruvning eng samarali amaliyotlari tatbiq etilishini;

uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining daromadlarini ko‘paytirishni va iqtisodiy samaradorlikni inobatga olgan holda, qazib chiqarish bo‘yicha iqtisodiy samarador reja, qimmatbaho metallarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, operatsion va kapital xarajatlarni kamaytirish choralarini o‘z ichiga oluvchi “NKMK” AJ ishlab chiqarish dasturi va moliyaviy rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta'minlaydi.

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar aktivlarini to‘ldirish maqsadida “NKMK” AJdan affinlangan qimmatbaho metallarni oldi-sotdi shartnomasi asosida xarid qilishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki affinlangan qimmatbaho metallarni xarid qilishni rad etgan taqdirda, “NKMK” AJ O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi bilan kelishgan holda affinlangan qimmatbaho metallarni London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi savdolarida yuzaga kelgan narxlarda uchinchi shaxslarga sotish huquqiga ega.

Yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida:

Davlat geologiya qo‘mitasi ikki hafta muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida, ochiq savdolar o‘tkazmasdan va to‘lovlar olmasdan, “Navoiy KMK” DK buyurtmanomalariga va muvofiq ro‘yxat bo‘yicha foydali qazilmalarni qazib olish va geologik o‘rganish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishini ta'minlaydi;

Davlat geologiya qo‘mitasi “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DK buyurtmanomalari asosida o‘n kun muddatda “Navoiy KMK” DKga tegishli bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni mos ravishda “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DKga berish va qayta rasmiylashtirish tartib-taomillari bajarilishini ta'minlaydi;

“NKMK” AJga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, faqatgina kredit va qarz mablag‘larini ko‘chirish hamda ularni so‘ndirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisob raqamlari ochishga va ulardan foydalanishga ruxsat etildi;

2021 yil 1 yanvarga qadar, istisno tariqasida, “NKMK” AJga Davlat geologiya qo‘mitasi, shu jumladan Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta tashkil qilinayotgan davlat korxonalari bilan geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarni texnik shartlar/spetsifikatsiyalar, ish hajmlari va tuzilgan shartnomalarni majburiy ekspertizadan o‘tkazmasdan, raqobatlashuv asosida xarid qilish tartib-taomillarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali tuzishga ruxsat etildi.

Davlat geologiya qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “NKMK” AJ bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar ko‘rsatilgan obektlarni bosqichma-bosqich geologik o‘rganishni nazarda tutuvchi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv ishlari dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

“NKMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar yangi ochilayotgan Geologiya fanlari universiteti qoshida geoinnovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid