“Navoiy KMK” DKda davlat organlari vakillari, xalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovçilar iştirokida:

a) quyidagilar:

Hisob va hisobot böyiça xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ ma'lumotlarni oşkor qiliş tizimini joriy etiş;

Global hisobot taşabbusiga (GRI) muvofiq, şu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar böyiça hisobotlarni çop etiş;

Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari töğrisida hisobot yuritişning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholaş böyiça işlar boşlangan;

b) “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlari röyxatini tasdiqlagan holda korxonaning mol-mulkini xatlovdan ötkaziş yakunlangan.

“Navoiy KMK” DK, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining quyidagi takliflari ma'qullandi:

a) “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanişini tabiiy uran va nodir metallarni qazib oliş va qayta işlaş korxonasi - “Navoiyuran” davlat korxonasiga özgartiriş;

b) bir oy muddatda “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:

qimmatbaho metallarni qazib oluvçi va işlab çiqaruvçi, aksiyadorlik jamiyati körinişidagi “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) işlab çiqariş korxonasini;

“NKMK jamğarmasi” davlat muassasasini ta'sis etiş.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Navoiy KMK” DKning:

emulsiyaviy-portlovçi moddalar işlab çiqaruvçi mulkiy kompleksni “NKMK” AJ tasarrufiga berilişini inobatga olgan holda, “NKMK” AJ tarkibiga beriladigan;

“NKMK jamğarmasi” DMga beriladigan obektlar, şu jumladan agrouçastkalar va yordamçi obektlar, mehmonxonalar, hammom va tozalaş xöjaligi obektlari, işlab çiqariş sexlari, omborxona inşootlari, şuningdek, boşqa tijorat obektlari va qimmatbaho qoğozlar (asosiy faoliyat turi bilan boğliq bölmagan obektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam oliş va soğlomlaştiriş, umumiy ovqatlaniş, uy-joy kommunal xöjaligi obektlari hamda bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari, xizmat turar joylari va yotoqxonalari (ijtimoiy infratuzilma obektlari) röyxatini tasdiqlaydi.