O‘zbekiston | 10:58 / 28.05.2020
36690
5 daqiqa o‘qiladi

Eng arzon go‘sht qayerda? Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 26 may kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori»i, Termiz sh. «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 6 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etildi (6 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» (mahalliy yetishtiriladigan guruch) va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Mustaqillik» navli mahalliy guruch 4 000 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Mavzuga oid