Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi zavodda yong‘in chiqishi oqibatida bir kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi «Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish» zavodida yong‘in yuz berishi oqibatida bir ishchi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish» zavodida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berdi.
«Bugun, 1 iyul kuni soat 13:05da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Qorako‘l” MFYda joylashgan “Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining 10ta yong‘in qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami ko‘rsatilgan hamda uyiga javob berildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Yong‘inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Hozirgi vaqtda yong‘inni bartaraf etish maqsadida tezkorlik bilan «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi boshchiligida ishchi guruh tashkil etilgan va avariyaviy holatni bartaraf etish ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
09:31 / 05.01.2026