Sport | 23:03 / 10.08.2024
13612
1 daqiqa o‘qiladi

Razambek Jamalov finalda muddatidan avval g‘alaba qozonib, Olimpiada chempioniga aylandi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bahslarida -74 kg vaznda final jangi o‘tkazildi. 

Foto: MOQ

Oltin medal uchun kechgan bellashuvda O‘zbekiston vakili Razambek Jamalov yaponiyalik Daichi Takataniga qarshi gilamga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi. 

Eslatib o‘tamiz, Jamalov avvalgi bosqichlarda Olimpiada finalchisi Magomedhabib Nurmagomedov (neytral), 4 karra Yevropa chempioni Taymuraz Salkazanov (Slovakiya), Albaniya vakili Chermen Valiyev va tojikistonlik Valentin Rassadindan ustun kelgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston kurash jamoasi turnirni 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Bungacha -67 kg vaznda G‘ulomjon Abdullayev sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Umuman, O‘zbekiston delegatsiyasining barcha medallari 10 taga yetdi — 6 oltin, 1 kumush va 3 bronza.

Mavzuga oid