Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mehr-muruvvat tadbirlarini amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari 16 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda keksalar, yolg‘iz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarga amaliy ko‘mak berish ezgu qadriyat ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishda shu maqsadda ishlab chiqilgan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostidagi kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berildi. Ularni amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Prezident joriy yil yanvar oyida turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlar ongini zaharlashga urinayotgani, faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. Prezident jamiyat onalari va kelajak avlod tarbiyachilari bo‘lgan xotin-qizlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash, ularni ham ma’nan, ham moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida urg‘u berdi.
Bu jarayonda yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni ijtimoiylashtirish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oilalari bilan individual tarzda ishlab, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish hamda kasb-hunarga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident har bir mahallada ehtiyojmand oilalarning aniq va shaffof ro‘yxatini shakllantirish, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, teng va adolatli tarzda yetkazish shartligini alohida ta’kidladi. Mas’ul idoralarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Mavzuga oid
12:35 / 16.03.2026
16 mart kuni O‘zbekistondagi 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
12:07 / 25.02.2026