Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi uch kun ichida birjada 6,3 mlrd dollar yo‘qotdi
Foto: Anthony Kwan / Bloomberg
Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi aksiyalari Honkong birjasida uch kun ichida 17%ga tushib ketdi, kompaniya bozor qiymatining 6,3 mlrd dollarini yo‘qotdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Investing.com saytining ma'lumotiga ko‘ra, 10 yanvar kuni Xiaomi aksiyalari 5% ga arzonlashgan va bitta aksiyaning birjadagi bahosi 9,83 Honkong dollarini tashkil etgan ($1,25).
Iyul oyida IPO birinchi kunida Xiaomi aksiyalari 19 Honkong dollariga teng bo‘lgandi ($2,42). Shu yilning 7 yanvar kuni bitta aksiya 1,53 dollarga baholangan bo‘lsa, keyingi ikki kunda aksiya narxi 7,50% va 6,85%ga arzonlashgan.
Analitiklar keyingi vaqtda smartfonlar bozorida savdo sur'atining pasayishi va boshqa ishlab chiqaruvchilarning raqobati kuchayishi sababli Xiaomi daromadlari tushib ketishini taxmin qilishmoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 14.01.2026
2025 yilda sotilgan har 5 smartfonning bittasi iPhone bo‘ldi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
17:00 / 15.12.2025