Jamiyat | 11:18 / 05.05.2020
4411
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana bir qator hududlarda issiq suv o‘chiriladi

Joriy yilning 5 may kuni poytaxtda soat 17:00ga qadar qator manzillarda issiq suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ro‘y beradi.

Manzillar: 

Olmazor tumani

B-1 va B-3 mavzelari;

Shayxontohur tumani

Markaz-27 va General Uzoqov ko‘chasi.

Qayd etilishicha, «Toshissiqquvvati» keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Mavzuga oid