Jahon | 19:18 / 20.05.2017
19176
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston poytaxti hududi yanada kengayadi

Foto: Asia-Plus

Tojikiston respublikasi hukumati qarori bilan Dushanbe shahri bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, hukumat qarori 2017 yilning 28 aprel kuni imzolangan.

Dushanbe bosh rejasiga muvofiq, shahar janubga, qisman shimolga, sharqqa va g‘arb tomonga kengayadi.

Shahar hududi 2025 yilga kelib 12,7 ming gektardan 18 mingga, 2040 yilda – 25 ming va 2040 yildan so‘ng – 30 ming gektarga qadar kengaytiriladi. 

2025 yilga qadar loyiha hududida birinchi bosqichida aholi sonining o‘sishi 936 ming kishini tashkil etsa, 2040 yilga qadar – 1 million 176 ming kishi.

Dushanbe shahri davlat hokimiyati ijro idorasining axborot va xorijiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Abdumajid Hakimzodaning xabar berishicha, poytaxt hokimiyati qaroriga muvofiq, yerlar bosqichma-bosqich o‘zlashtirib boriladi.

Mavzuga oid