O‘zbekiston | 15:27 / 15.10.2018
12759
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya shu hafta «Suffa» radioteleskopi qurilishi rejasini imzolaydi

Foto: FIAN

O‘zbekiston va Rossiya bu hafta SSSR parchalanib ketganidan keyin to‘xtatilgan «Suffa» noyob radioteleskopi qurilishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzolaydi.

«Observatoriya qurilishining yakunlanishi 4 milliard rublga baholanmoqda. Ikki yillik loyiha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. U Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev tomonidan 18-19 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi vaqtida imzolanishi rejalashtirilgan», - dedi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining RT-70 Radioobservatoriyasi direktori Gennadiy Shanin «Izvestiya» nashriga.

Hujjatga ko‘ra, ikki yil mobaynida «Suffa»ni xalqaro huquq sub'yekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish va qayta tiklashni amalga oshirish zarur. Keyin qurilishni yakunlash uchun yana uch yil kerak bo‘ladi.
 
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi kuzatuvlar olimlar tomonidan 2023-2028 yillarda o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid