Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin JCh-2018 asosiy favoritini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati - 2018 favoriti sanaladi.
Bundan tashqari, Putinning xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvda ta'kidlashicha, Rossiya mamlakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish maqsadida, hamda futbol bo‘yicha jahon birinchiligining o‘tkazilishi bunga yordam beradi.
«Biz bu jahon kubogi butun dunyo uchun bayram bo‘lishini xohlaymiz, hamda mening fikrimcha, bunga erishamiz», - deya Putin so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning EFE agentligi.
Jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya termasi B guruhida Portugaliya, Marokash va Eron bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Human Rights Watch JCh-2018ni boykot qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:40
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026