Human Rights Watch huquq himoyasi taşkiloti Rossiyada bölib ötişi kerak bölgan futbol böyiça jahon çempionati-2018ni boykot qilişga çaqirmoqda. 

Huquq himoyaçilarining fikriça, mundialni boykot qiliş Rossiya Suriyadagi harbiy amaliyotlarni töxtatişiga olib keladi.

«Jahon yetakçilari Putinga aniq signal yuborişlari kerak – u öz siyosatini özgartirmasa va Suriyadagi rossiyalik hamda suriyalik qöşinlar vahşiyligiga yakun yasaş böyiça qadamlar qöymasa, ular u bilan oçiliş öyinida VIP-örindiqlarda ötirmaydi.

Biroq, millionlab odamlar uçraşuvni köriş istagida ekaniga qaramay, Suriya tinç aholisining azob-uqubatlari esdan çiqarilmasligi kerak», - deya taşkilot ijroçi direktori Kennet Rotning sözlarini keltiradi DW.

Ma'lumot uçun, 2018 yilgi jahon çempionati Rossiyaning 11 şahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq angliyalik futbol işqibozlari JÇ vaqtida «uçinçi jahon uruşi» keltirib çiqariş bilan tahdid qilgandi.