Sport | 22:42 / 15.02.2017
15261
1 daqiqa o‘qiladi

Nasib ekan: finishga bir qadam qolganda qo‘ldan chiqqan g‘alaba (video)

Irlandiyalik Engus Meldon yengil atletika bo‘yicha universitetlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatning 800 metrga yugurish bahsida mag‘lubiyatga uchradi. Bunga yugurish bahsi bilan bir vaqtda o‘tayotgan langarcho‘pda sakrash bellashuvi sabab bo‘ldi. Bu haqda Mashable yozmoqda

Sportchi bahs davomida yetakchilikni saqlab kelayotgan edi. Ammo finishga oz qolganda uning oyoqlariga langarcho‘p tasmasining bo‘lagi kelib tushadi va u yugurish sur'atini pasaytiradi. Shu bois u finishga ikkinchi bo‘lib yetib keladi.

«Unga o‘rgimchak odam hujum qildi!», — dedi vaziyatga baho berarkan sharhlovchi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid