Ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan issiqxonalar va sanoat korxonalariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi
Toshkent shahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli obektlar atrofida) qo‘shimcha issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar barpo etilishi to‘xtatiladi.
Prezidentning “Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan tutun va zaharli gazlarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Toshkent shahri va uning atrofida joylashgan issiqxona xo‘jaliklari, sanoat korxonalarga qator talablar yuklanmoqda.
Xususan, tabiiy gazdan yonilg‘i sifatida foydalanuvchi issiqxona xo‘jaliklari va sanoat korxonalarining ekologiya ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lmagan taqdirda ularga tabiiy gaz yetkazib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanganda yoki gaz hisoblagichlardan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga iste’molchining aybi bilan onlayn ravishda ma’lumotlar uzatilishini to‘xtatish holatlari aniqlanganda, ushbu iste’molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi va bir yil muddatda shartnomalarni qayta tiklash taqiqlanishi belgilanmoqda.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Toshkent, Qibray, Yuqorichirchiq va Zangiota tumanlarida 2024 yil 1 iyuldan boshlab:
- Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini moliyalashtirish va ularga kredit ajratmaslik tavsiya etiladi;
- Toshkent shahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli obektlar atrofida) qo‘shimcha issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar barpo qilinishi to‘xtatiladi;
- mulkchilik shaklidan qat’iy nazar issiqxonalarda yaroqsiz shinalar, bitum, plyonka, plyonkali-sintetik karton, rezina, jun tolasi kabi chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
17:45 / 25.09.2024